Bugun 6-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Amanjol Ayapovlar O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialiga tashrif buyurdi.
Dastlab, Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Amanjol Ayapovlarni filialimiz direktori Rudakiy Allanbaev kutib oldi va filialning yangi binosi bilan tanishtirib chiqdi..
Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilarning talaba-yoshlarga dars o‘tish jarayonini ko‘zdan kechirdi va filialimiz haqida ijobiy fikrlarini bildirdi.
