
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
Amanbayev Quwatbay Tajibayevich
Tel: +998-90 709 12 33
Elektron pochta: nukus.konservatoriya@mail.ru

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Xalqaro hamkorlik bo‘limiБ Jartibayev Jalg‘asbay Quwanishbay o‘g‘li Telefon: +998 (99) 169-60-06 E-mail: omirkenegesx@gmail.com
Xalqaro hamkorlik bo‘limi
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining Xalqaro hamkorlik bo‘limi 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bo‘lim filialning xorijiy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot, madaniyat va san’at sohalaridagi eng so‘nggi o‘quv va ilmiy tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotda samarali qo‘llash, talaba va professor-o‘qituvchilarning dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirib qaytishi, akademik almashinuv va ta’lim loyihalarini ishlab chiqish kabi ishlarni amalga oshiradi.
Xalqaro hamkorlik bo‘limining maqsadi va vazifalari:
– O‘xshash xorijiy oliy o‘quv yurtlari, markazlari va muassasalari bilan har tomonlama aloqalarni o‘rnatish, hamkorlik memorandumi va shartnomalarini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilish;
– Jahon tajribasidan foydalanish maqsadida o‘quv jarayoniga xorijiy davlatlarning professor-o‘qituvchilari, yetakchi mutaxassislarini hamda O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillarini jalb qilish;
– Zukko va iqtidorli talabalarni xorijiy oliy o‘quv yurtlariga ta’lim olish uchun yuborish hamda xorijiy davlatlar fuqarolarini filialda o‘qishga o‘zaro ikki tomonlama shartnomalar va boshqa kelishuvlar asosida jalb qilish;
– Xalqaro hamkor OTM, ilmiy-tadqiqot institutlari va muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazish;
– Xorijiy jamg‘armalar, ta’lim tashkilotlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot markazlari tomonidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, shuningdek, xorijiy loyihalar va grantlarda ajratilgan o‘rinlarga o‘qituvchi, stajyor, doktorant, magistratura va bakalavriat talabalarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlash va ularning xorijiy safarlarini tashkil etish;
– Filialda qisqa va uzoq muddat faoliyat olib borayotgan xorijiy professor-o‘qituvchilar va tahsil olayotgan chet el fuqarolarining o‘qishi va yashashi bilan bog‘liq masalalarni muvofiqlashtirish.