Talabalarni kitob o‘qishga qiziqtirish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan «Ma’rifat ulashib» loyihasi doirasida 17-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida «Shuhrat» medali sohibi, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,» «Qoraqalpog‘iston xalq shoiri» Rustam Musurmon, «Shuhrat» medali sohibi, «O‘zbekiston xalq shoiri,» «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» Baxtiyar Genjemuratov va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Masihulloh Madaminovlar bilan birgalikda badiiy uchrashuv tashkil etildi.

Dastlab, tashrif buyurgan mehmonlarni filialning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Seytanov kutib oldi va yangi binomiz bilan yaqindan tanishtirdi.

Shundan so‘ng, shoirlar yaxshi niyatlar bilan daraxt ko‘chatlarini o‘tqazdi.

So‘ngra, uchrashuv tashkil etilib, shoirlar so‘zga chiqdi va o‘zlarining she’rlaridan parchalar aytib berdi. «Shuhrat» medali sohibi, «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,» «Qoraqalpog‘iston xalq shoiri» Rustam Musurmon filialimizga bir qancha yangi kitoblarini esdalik sifatida sovg‘a qildi.

Tadbir filialning «Kamer ansambli» va iqtidorli talaba-yoshlar ishtirokida jonli konsert dasturi bilan davom etdi.

Uchrashuv yakunida, mehmonlarga filialimiz tomonidan Tashakkurnoma topshirildi.