Psixolog

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Psixolog
Latipova Muslima Kadirkulovna
Tel: +998-99-130-84-84
Elektron pochta: muslimalatipova542@gmail.com

Psixolog – bu psixologiya sohasidagi mutaxassis. Insonning ijtimoiy hayotidagi xarakterini, fe’l-atvorini, psixologik holatini o‘rganadi. Psixolog hayotda salbiy holatlarga tushib qolgan, ijobiy tomonga o‘zgarishga harakat qilayotgan, psixologik jihatdan sog‘lom va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan insonlar bilan ishlaydi. Psixolog bilan ota-onalar, talaba-yoshlar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlar sir saqlanishiga kafolat beradi.

Amaliy psixologik faoliyatning asosiy vazifasi:

O‘zbekiston Respublikasining rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallashiga o‘z hissasini qo‘shadigan, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni boshqara oladigan va XXI asr talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlashga har tomonlama ko‘maklashish.

Psixolog, asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boradi:

Psixologik, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot

Pedagogik jamoa, talabalar va ota-onalarning psixologik bilimlarni egallashga, ularning psixologik madaniyatini oshirish maqsadida turli mashg‘ulotlar, seminar-treninglar, ma’ruzalar tashkil etishdan iborat faoliyat shakli.

Psixologik profilaktika

Pedagoglar, talaba-yoshlar va ota-onalarda shaxsning har bir yosh davridagi psixologik rivojlanishi to‘g‘risidagi ilmiy psixologik bilimlarni egallash bilan inson shaxsining intellektual rivojlanishida yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday sabablarni o‘z vaqtida oldini olishga qaratilgan psixologik tadbirlar yo‘nalishi.

Psixologik diagnostika

Talabalarni ta’lim jarayonida psixologik-pedagogik jihatdan chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning individual xususiyatlarini, ta’lim va tarbiyadagi kamchiliklarining sabablarini aniqlashga yo‘naltirilgan.

Psixologik maslahat

Bunda professor-o‘qituvchilar, ota-onalar va talabalarga shaxsiy, kasbiy va hayotiy masalalarini hal qilishga yordam beradi, ularni o‘z psixologik salomatligini himoya qilishga o‘rgatadi.

Psixologik korreksiya

Psixologning inson shaxsi va individualligini aniqlash jarayoniga faol ta’sir o‘tkazish faoliyat shaklidir.