23-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Kamoliddin Urinbayev filialimizga tashrif buyurdi.
Rektor filial direktori R.Allanbayev, filial jamoasi va «Jayhun» xalq cholg‘ulari orkestri tomonidan jonli kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olindi.
Ta’kidlash joizki, filial tashkil etilganidan buyon rektor K.Urinbayev tomonidan bu yerdagi o‘quv jarayonini takomillashtirish, zarur sharoitlar yaratish, kerakli jihozlar va musiqa asboblari bilan ta’minlash va h.k. masalalar bo‘yicha alohida e’tibor qaratiladi.
Mana, bugun ham rektor Kamoliddin Urinbayev filialning professor-o‘qituvchilari va ma’muriyat xodimlari bilan uchrashib, ularning mashaqqatli va ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, ularning fikr va takliflari bilan tanishdi.
