1-oktyabr kuni Festival doirasida italiyalik tajribali ustozlar tomonidan o‘tkazilgan mahorat darslari talaba-yoshlarimiz uchun unutilmas tajriba maktabi vazifasini bajardi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Mahorat darsi natijasida talabalar o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamladi.

Shunday qilib, italiyalik san’at sohasi xodimlarining yurtimizga tashrifi tarix sahifalaridan o‘rin oldi, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalar yanada mustahkamlanib, musiqa san’ati rivojiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi.