🇫🇷Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan 2025-yil 27-oktyabrdan 30-noyabrgacha Nukus shahrida birinchi marta Fransiya madaniyati oyligi o‘tkazilmoqda.
Dastur doirasida Fransiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan, 6-noyabr kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ualid Fuk O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Elchi filialimiz direktori R.Allanbayev va Kamer orkestrining iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan jonli ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan kutib olindi.
So‘ngra, madaniy tadbir filialning «Jayhun» xalq cholg‘ulari orkestri va iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan jonli ijro etilgan konsert dasturi bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.
Shundan so‘ng, elchi Ualid Fuk bilan muzokaralar olib borildi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib boriladigan ishlar belgilab olindi.
