O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali ochilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, unga qiziquvchilar sonining ortib borayotgani, ayniqsa, dunyoning mashhur konservatoriyalari bilan hamkorliklar yo‘lga qo‘yilayotgani barchamizni quvontiradi.
10-oktyabr kuni Fransiya Respublikasi madaniyati kunlari arafasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialiga Fransiya Respublikasi elchisixonasining
Madaniyat va hamkorlik bo’limi xodimi Feruza Muhammedaminova tashrif buyurdi.
Feruza Muhammedaminovani direktorimiz R.Allanbayev va filial jamoasi kutib oldi va o‘quv yurtining yangi binosi bilan yaqindan tanishtirdi.
Feruza Muhammedaminova bilan direktor R.Allanbayev o‘rtasida muzokaralar olib borildi va ikki mamlakat o‘rtasida olib boriladigan madaniy aloqalar bo‘yicha rejalar belgilab olindi.
