10-noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialiga Vengriya Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan artist, PhD Agoch (Aqush) Gergey, tarixchi Kapostash Atila va Madiyari Laventslar filial hayoti bilan yaqindan tanishish, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash va mahorat darslarini olib borish maqsadida tashrif buyurdi.
Mehmonlarni filialimiz direktori R.Allanbayev va Kamer orkestrining iqtidorli talaba-yoshlari jonli ijro etgan kuy-qo‘shiqlar bilan kutib oldi.
So‘ngra, madaniy tadbir filialning «Jayhun» xalq cholg‘ulari orkestri va iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan jonli ijro etilgan konsert dasturi bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.
