O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori R.Allanbayev, filial cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori X.Rajabov, Respublika va xalqaro tanlovlar laureati Lezina Alyona, filial cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari mutaxassisligi 4-bosqich talabasi Bomurmirzo Shavkatov, cholg‘u ijrochiligi: fortepiano (organ) mutaxassisligi 2-bosqich talabasi Rayxan Kuvanishbayeva va cholg‘u ijrochiligi: xalq cholg‘ulari mutaxassisligi 3-bosqich talabasi Olloshukur Rajabboyevlar 2026 yilning 23-28 mart kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning «I Yoshlar Delfi o‘yinlari»da ishtirok etmoqda. 24 mart kuni Festivalning tantanali ochilish kechasi bo‘lib o‘tdi va filialimizdan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari marosimda faol ishtirok etdi. Biz ham, o‘z navbatida, yurtdoshlarimizning g‘oliblikni qo‘lga kiritishiga tilakdoshmiz.