O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2020-yil 2-oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorg‘i Kengashining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan ravishda o‘tkazilgan 73-sonli majlis bayonnomasining 94-bandida O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish bo‘yicha vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi «O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish haqida»gi 186-sonli qaroriga binoan Filial faoliyati Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi bazasida tashkillashtirildi.
2021/2022-o‘qish yiliga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilish jarayoni va ijodiy imtihonlar O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘tkazildi.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialiga 2021/2022 o‘qish yilida 5 yo‘nalish bo‘yicha jami 47 talaba o‘qishga qabul qilindi:
Professional ta’lim (yo‘nalishlari bo‘yicha);
San’atshunoslik: musiqshunoslik;
Dirijyorlik, (turlari bo‘yicha);
Vokal san’ati (turlari bo‘yicha);
Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha).
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, “Shuhrat” medali sohibi Allanbayev Rudakiy Orinbayevich rahbarlik qilib kelayotgan Filialda hozirgi kunda, “Musiqa san’ati” fakulteti, “Umumkasbiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi, “Cholg‘u ijrochilıǵı” kafedrasi faoliyat yuritib, kafedralarda jami yigirmadan ortiq professor-o‘qituvchilar talabalarga a’lo darajada bilim berib kelmoqda.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali o‘zining dastlabki o‘qish yilini 2021-yil 6-sentyabr kuni boshladi. Shu munosabat bilan Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida filialning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Rudakiy Allanbayev boshchiligida filialda ta’lim olayotgan talabalarga qulay shart-sharoitlar yaratish va filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va musiqa asboblari bilan ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan kontrabas, fagot, trombon, truba, tuba, valtorna, litavra kabi jami 7 nafar musiqa asbobi va besh yuzga yaqin o‘quv adabiyot olib kelindi.
Filialda 2021-2022 o‘qish yilida “Xalq cholg‘ulari” ansambli, “Xalq cholg‘ulari” orkestri, “Simfonik” va “Kamer” orkestri tashkillashtirildi.
Qarorga ko‘ra, tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida filial uchun 300 o‘rinli o‘quv binosi, 2 koncert zali (200 o‘rinli konsert zali, 100 o‘rinli organ zali) 2025-yili qurib bitkazildi va foydalanishga topshirildi. 200 o‘rinli talabalar turar joyi binosi va sport maydonlarini qurishni keyingi yillarga mo‘ljallangan investitsiya rejalariga kiritish belgilangan.