Kelajak avlod uchun bunyod etilgan yangi ta’lim maskani

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali o‘z faoliyatini boshlaganiga ham 4 yildan oshdi. Shu qisqa vaqt ichida filialimizda davlat stipendiyasi sohiblari, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, «Umid uchquni» ko‘krak nishoni egalari, shuningdek, xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari yetishib chiqdi. Filial tashkil etilgan yili o‘qishga 47 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 241 nafarni tashkil etadi. 2025-yilda birinchi bitiruvchilarimiz o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, 10 nafar talaba magistraturaga qabul qilindi, qolgan talabalar esa 100 foiz ish bilan ta’minlandi. Joriy yilda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 61 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi.  O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 2025/2026-o‘quv yilini yangi binoda boshladi. Filialning yangi binosi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 30-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali yangi binosining ochilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbaev ochib berdi va yig‘ilganlarni yangi binoning ochilishi bilan samimiy tabrikladi. Tantanali tadbir filial talabalaridan tashkil topgan orkestr jamoasining ajoyib kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.

DIQQAT KONFERENTSIYA!

📣📣📣 DIQQAT!!! ✅ 2025-yil 2-dekabr kuni Astraxan davlat konservatoriyasi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali bilan hamkorlikdaL. P. Ivanovaning 90 yillik yubileyiga bag‘ishlab o‘tkaziladiganXalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga barchangizni taklif etamiz. ✍️ Konferensiya haqidagi to‘liq ma’lumot va maqola berish bo‘yicha axborot xatida tanishib chiqishingiz mumkin.

Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqa konservatoriyasiga tashrif

        Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali va Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqiy  konservatoriyasi o‘rtasida 2025-yil 10-may kuni o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan edi. Ushbu shartnoma doirasida 2025-yilning 15-16-sentyabr kunlari Uxan musiqiy konservatoriyasida master-klass va konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining direktori R.Allanbaev, «Umumkasbiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi dotsenti v.v.b. J. Charshemov va talaba-yoshlar Xitoy Xalq Respublikasiga yo‘l olgan edi. Tadbir davomida filialimiz direktori R.Allanbaev qoraqalpoq milliy cholg‘u asbobi alamoynaq dutorida qoraqalpoq kuylarini jonli ijro etdi va musiqa cholg‘usini Uxan musiqiy konservatoriyasi rektori Ley Yunga sovg‘a qildi. Yangragan kuylar yig‘ilganlarda, ayniqsa, rektorda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Undan so‘ng Uxan musiqiy konservatoriyasi rektori Ley Yun filialimiz direktori R.Allanbaevga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi va ular birgalikda Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ylab sayohat qilishdi. Bunday hamkorliklar ikki mamlakat o‘rtasidagi san’at sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Filialimiz direktori Italiyaning L’Aquila shahridagi «ALFREDO CASELLA» konservatoriyasida…

/*! elementor – v3.7.8 – 02-10-2022 */ .elementor-widget-image{text-align:center}.elementor-widget-image a{display:inline-block}.elementor-widget-image a img[src$=».svg»]{width:48px}.elementor-widget-image img{vertical-align:middle;display:inline-block} Shu yilning 15-fevral kuni Italiya davlatining L’Aquila shahridagi «ALFREDO CASELLA» konservatoriyasi bilan xalqaro grant asosida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ana shu memorandum asosida 2025-yilning 12-18 may kunlari Italiya Respublikasining L’Aquila shahrida ALFREDO CASELLA nomidagi konservatoriyada «ItARTs» loyihasi asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori Rudakiy Allanbaev va vokal san’ati: akademik ijrochilik ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabasi Muhammad Mirzaboevlar ishtirok etmoqda. /*! elementor – v3.7.8 – 02-10-2022 */ .elementor-heading-title{padding:0;margin:0;line-height:1}.elementor-widget-heading .elementor-heading-title[class*=elementor-size-]>a{color:inherit;font-size:inherit;line-height:inherit}.elementor-widget-heading .elementor-heading-title.elementor-size-small{font-size:15px}.elementor-widget-heading .elementor-heading-title.elementor-size-medium{font-size:19px}.elementor-widget-heading .elementor-heading-title.elementor-size-large{font-size:29px}.elementor-widget-heading .elementor-heading-title.elementor-size-xl{font-size:39px}.elementor-widget-heading .elementor-heading-title.elementor-size-xxl{font-size:59px} Konservatoriya matbuot xizmeti

2024-2025 o‘quv yilida Filialimizga oʻqishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli Qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 117-sonli buyrugʻi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining 53-sonli ichki buyrugʻi asosida talabalarga ta’lim grantlarini berish va qayta taqsimlash tartibi filialimizda quyidagicha belgilangan; Toʻliq ma’lumot uchun

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nokis filiali yangi 2024/2025 oʻquv yiliga toliq tayyor holga keltirildi

Filialimiz atrofida havoni yaxshilash va koʻrkamlashtirish ishlari olib borildi, shuningdek, oʻquv xonalari talabalarning yakka va umumiy dars oʻquv mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirishi uchun va barcha musiqa asboblari bilan taʼminlandi, filialimizning axborot resurs markazi ajoyib oʻquv darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻldirildi.

O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali hamda T. Sattarov nomidagi Tojikiston milliy konservatoriyasi o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yildi.

Filialmiz direktori Rudakiy Allanbaev T.Sattarov nomidagi Tojikiston milliy konservatoriyasi rektori, Tojikiston xalq artisti, Professor Do’stizoda Mirali bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki oliy o’quv yurti o’rtasida sherikchilik munosabatlari o’rnatildi va yangi imkoniyatlar eshigi ochildi.

«Yangi turmush uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida o’tkazilgan tarǵibot ishlarida filialimiz faol ishtirok etishdi

Joriy yilning 5-yanvar kuni Nukus tumani “Arobashı” APJ hududidagi 7-sonli va tumandagi 4-sonli maktablarda “Yangi turmush uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida o’tkazilgan “Mahallada duv-duv gap” nomida ma’naviy-musiqiy tadbir bólib ótdi.Bu tadbirga O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialidan biriktirilgan targ’ibot-tashviqotchilar tomonidan bayonotlar o’qib eshittirildi.

Filialimizda xotin-qizlarga bag’ishlangan tadbir tashkillashtirildi

Jamiyatning rivojida xotin-qizlarimizning o’rni bólak. Binobarin, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyosini yanada rivojlandirish katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun eng kerakli vosita albatta, kitoblar.Bizning filialimizda xotin-qizlarni zamon bilan teppa-teng qadam bosa oladigan, aqliy óylab, fikrlash darajisini yanada kengaytirib borish urf-odatga aylanmaqda.Ushbu munosabat bilan, bugun 4-yanvar kuni O’zbekiston davlat konservatoriyası Nukus filialida xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi G.Qudaybergenova boshchiligida filialimizning xotin-qizlari ishtirokida “Bir oyda bitta kitob” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.Tadbirni G. Qudaybergenova ochib berdi va boshqarib bordi.Undan so’ng, ma’lumotnoma-resurs markazi boshlig’I R. Xojamuratova so’zga chiqib, yig’ilish qatnashchilariga badiiy kitoblarning insonga ta’siri va uning qadir-qimmati haqida tushundirib o’tdi.Tadbir davomida G.Qudaybergenova ishtrokchilardi badiiy kitoblarni doimiy ravishda o’qib borishga va uning mazmunini aytib berishga undadi. Tadbir yakunida interfaol va psixologik o’yinlar olib borildi.