#Konservatoriya_NF
#Xush_xabar
#Konservatoriya_NF
#Xush_xabar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali tashkil etilganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmasa-da, filialimiz katta yutuqlarga erishmoqda. Nafaqat respublika, balki xalqaro miqyosda ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mana, 2025 yil yakuniga ko‘ra, filialimiz respublikadagi 250 dan ortiq oliy o‘quv yurtlari orasida «Yilning eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi» sifatida Top 10 talik ro‘yxatidan joy oldi.
Ushbu quvonchli xabar bilan filialimiz jamoasini, professor-o‘qituvchilarni va talaba-yoshlarni chin yurakdan tabriklaymiz!
Konservatoriyaning axborot xizmati
Telegram (https://t.me/OzMKNFdirektor) | Instagram (https://www.instagram.com/konservatoriya_nks_filial?utm_source=ig_web_button_share_sheet&igsh=ZDNlZDc0MzIxNw==) | Facebook (https://www.facebook.com/share/14MHSP6h8qw/) | Veb-sayt (https://uzdknf.uz/)