Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Pirnazarov Sawbet Maxsetbayevich

Tel +99891 392 29 92
Elektron pochta: vpsaubet@gmail.com

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risid”gi qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish, shu bilan birga uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash tizimi va o‘quv jarayoni samaradorligining xolis baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil              18-iyuldagi 515-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning 14-bandiga muvofiq O‘zbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida Davlat inspeksiyasi boshlig‘i taqdimnomasiga asosan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 3 nafar (bo‘lim boshlig‘i va 2 nafar bosh mutaxassis) xodimdan iborat “Ta’lim sifatini nazorat qilish” bo‘limi tashkil etildi

Bo‘limga konservatoriya talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib chiqish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish hamda konservatoriyani ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va ichki attestatsiya natijalarini, ta’lim sifatiga ta’sir etgan omillar haqidagi ma’lumotlarni konservatoriya direktoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish vazifalari yuklatildi.

  • Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi nizomi tasdiqlandi. Filialda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash hamda filialda o‘quv jarayonlari samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi o‘z faoliyatida bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

  • Bo‘limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

• ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), ilmiy tajriba talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil qilish va ularni ekspertiza qilish;

• ta’lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganish;

• talabalar bilimlarining MTTga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;

• ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

 

• kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish.