O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i
Erbolganov Azamat Baxitbay o‘g‘li
Tel: +998-94-599-08-11
Elektron pochta: azamat0816erbolganov@gmail.com
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tarmoq administratori
Jubatxanov Nurlan Arepbayevich
Tel: +998-90-576-31-03
Elektron pochta: qoraqalpaqnurlanbek@gmail.com
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi Muhandis-dasturchi
Sagidullayev Islambek Begdullayevich
Tel: +998-90-723-96-04
Elektron pochta: islamsagidullaev918@gmail.com
Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi
Markaz faoliyati haqida ma’lumot
Markaz o‘z faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy va multimedia mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va faoliyat turlari bo‘yicha rivojlantirish rejalarini loyihalashtiradi, markazning ishlab chiqarish, ijtimoiy va moddiy-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi;
Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnik resurslari, apparatlarini yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida yuritadi;
Markaz xo‘jalik yurituvchi subyektlar va jismoniy shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va O‘zR MF Qonunida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.
Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyatining barcha sohalari bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlari yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va filial Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarining boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.
Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:
- Axborot marketingini tashkil etish;
- Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy etish;
- Axborot texnologiyalari va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lm muassasasi va fan sohalarida samarali qo‘llash;
- Masofaviy o‘qitish va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish;
- Xorijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarini ta’minlash;
- Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni izlash va ular joylashgan manzillarni tavsiya etish;
- hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish;
- Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, ishga tushirish va sozlash;
- ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish;
- Ilmiy-tadqiqot, loyihalash va tajriba-sinov ishlarini tashkil etish.