
Ózbekstan mámleketlik konservatoriyası Nókis filialı
Devonxona mudiri
Alimova Ayzada Tengelbaevna
Telefon: +998-93-099-85-05
E-mail: aayzada1991@gmail.com
Devonxona bo‘limining asosiy vazifalari:
– Filial hujjatlari yuritilishini belgilangan tartibda boshqa bo‘limlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikda tashkil etish va yuritish;
– jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan yozma ma’lumotlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga nazorat kartochkasi ochib, ma’muriyatga rezolyutsiya olish uchun kiritish, so‘ngra ijrochiga ijro uchun yetkazish, har chorakda vazirlikka hisobot berib borish;
– Idora bo‘limiga kelib tushayotgan xat-xabarlarni o‘z vaqtida, ularning to‘liqligini tekshirib belgilangan tartibda qabul qilish, 1b, 2b, 4b kartochkalarni rasmiylashtirish va ma’muriyatga rezolyutsiya olish uchun kiritish, hujjatlarning nusxa olish kerak bo‘lganlarini ko‘paytirib, nazoratga olish uchun ichki nazorat va monitoring bo‘limiga, ijrochiga yetkazib berish;
– Filialdan chiqish xatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va ularni jo‘natish (aloqa bo‘limi, kuryer orqali, faks va boshqalar orqali).