



Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-fevral kuni Italiya davlatining L’Aquila shahridagi «ALFREDO CASELLA» konservatoriyasi bilan xalqaro grant asosida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Memorandum asosida, joriy yilning 30-sentyabr va 1-oktyabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida italiyalik san’at va madaniyat sohasi xodimlari hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali bilan hamkorlikda «ItARTs» loyihasi doirasida festival tashkil etildi.
Festivalning birinchi kuni joriy yilning 30-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Konsertning I qismida Respublika va xalqaro tanlovlar laureati «Jayhun» xalq cholg‘ulari orkestri (dirijyor: Orkestrning badiiy rahbari, «Shuhrat» medali sohibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi, professor Hikmat Rajabov) tomonidan:
- JOAKKINO ROSSINI, «SEVILIYALIK SHAHZODA» OPERASIDAN UVERTYURA;
- EDUARDO DI KAPUA, DJOVANNI KAPURRO «O SOLE MIO»;
- ITALIYA KOMPOZITORLARI ASARLARI ASOSIDA «POPURRI.»
- Luidji Densa «Funikuli-funikula»
- Ernesto De Kurtis «Vernis-sorrento»
Joakkino Rossini «Kavatina figaro»
- Djuzeppe Verdi «Zalolnaya pesnya.»
kabi Italiya musiqa san’atining mashhur asarlari alohida mahorat bilan ijro etildi.
II bo‘limda esa italiyalik talaba-yoshlar tomonidan
Donne all’Opera: Croce e Delizia!
- Monteverdi, F. Kavalli, D. Skarlatti, D. Chimarosa, Dj. Rossini, Dj. Verdi, Dj. Puchchini operalaridan sahnalar ijro etildi.
Tadbir yakunida filialimiz direktori tomonidan italiyalik mehmonlarga alohida minnatdorchilik bildirildi.