Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali o‘z faoliyatini boshlaganiga ham 4 yildan oshdi. Shu qisqa vaqt ichida filialimizda davlat stipendiyasi sohiblari, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, «Umid uchquni» ko‘krak nishoni egalari, shuningdek, xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari yetishib chiqdi.
Filial tashkil etilgan yili o‘qishga 47 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 241 nafarni tashkil etadi.
2025-yilda birinchi bitiruvchilarimiz o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, 10 nafar talaba magistraturaga qabul qilindi, qolgan talabalar esa 100 foiz ish bilan ta’minlandi.
Joriy yilda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 61 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 2025/2026-o‘quv yilini yangi binoda boshladi. Filialning yangi binosi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
30-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali yangi binosining ochilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbaev ochib berdi va yig‘ilganlarni yangi binoning ochilishi bilan samimiy tabrikladi.
Tantanali tadbir filial talabalaridan tashkil topgan orkestr jamoasining ajoyib kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.