2025-yil 26-sentyabr kunidan boshlab Italiya va O‘zbekiston madaniyat, musiqa va san’atning o‘ziga xos chorrahasida uchrashdi. «ItARTS Festival The Debut»  nomli festival  26-sentyabrda o’z faoliyatini  O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida italiyalik ijodkorlar va talabalarning ko`rgazmasi ochilishi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Giovani Sguardi», «Vèstiti di Teatrum: viaggio nel costume tra sogno e realtà» va «Le Macchine della Tempesta» — teatr mashinalari, kostyum va sahna  obrazlariga bag‘ishlangan installyatsiyalar loyihasi hamda  tantanali inauguratsiya konserti bilan boshlandi.  

Festivalining ikkinchi kuni  Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti ItARTS loyihasi doirasida  “O’rta yer dengizi va Sharq sadolari. Italyan va o’zbek musiqasi” deb nomlangan konsert dasturini namoyish etildi. Konsertni ItARTS loyihasi bosh koordinatori  Daniela Macchione va  Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Muxamedova Feruza Nurmaxmatovna ochib berdilar. 

Konsert dasturi davomida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabalari tomonidan Italiyaning mashhur estrada qo’shiqlari:

 1. Come vorrei – Daniele Farina, Cristiano Minellono – (Ricchi e Poveri)

 2. Ja tebia liubliu – Massimiliano Spina, Giuseppe Rinaldi “Kaballà” Mori, Francesco Berlincioni – (Adriano Celentano)

 3. . Il tempo se ne va –  Salvatore “Toto” Cutugno, Cristiano Minellono, Giuseppe Rinaldi “Kaballà” Mori – (Adriano Celentano)

 4. Susanna Carlo Bogman, Flavio Lancee, Marco Del Prete, Sandro Caputo – (Adriano Celentano)

5. A un passo da te – Franco Ilaqua – (Mina Anna Mazzini – “Mina”, Adriano Celentano)

 6. Volare – Franco Migliacci, Domenico Modugno –(Nel blu dipinto di blu)

(Domenico Modugno)

 7. Sarà perché ti amo – Daniele Farina, Dario Pace, Enzo Ghinazzi, Luis Gómez Escolar  (Ricchi e Poveri) mahorat bilan ijro qilindi. 

 Festival doirasidagi tadbir 1-oktyabr kuniga qadar davom etadi.