
O’zbekiston Davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Axborot resurs markazi rahbari
Xojamuratova Ramuza Hakimniyazovna
Telefon: +998-91-371-23-65
E-mail:

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Axborot-resurs markazi kutubxonachisi
Qalandarova Sapargul Kenesbayevna
Tel: +99899 333 45 84
Elektron pochta: sapargulkalenderova1@gmail.com

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Axborot-resurs markazi kutubxonachisi
Usmonova Alfiya Jamg‘irbayevna
Tel: +99888 353 18 88
Elektron pochta: osmanovaalfiya9@gmail.com
Axborot-resurs markazi
Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi filial talabalari, o‘qituvchilari va xodimlari, shuningdek, ilmiy xodimlarga, jumladan, yangi avlod darsliklari, ilmiy-ommabop adabiyotlarni axborot-kutubxona xizmati bilan ta’minlashdan iborat.
Markazning asosiy vazifalari
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob madaniyatini ommalashtirish va targ‘ibot qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida. talabalar, ishchi va tadqiqotchilarni badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, shuningdek, respublikamiz nashriyotlarida chop etilayotgan mahalliy va xorijiy davriy nashrlar bilan doimiy ta’minlash;
2. Axborot-resurs markazi filialning ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan doimiy boyitib borish;
3. Talabalar, pedagoglar va tadqiqotchilarning darsliklardan foydalanish va axborot xizmatlari ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish;
4.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashish;
5.Internet tarmog’i va filial elektron kutubxonasini muntazam ravishda elektron axborot ta’lim resurslari bilan boyitish va h.k.
Filialda jami kitobxonlar soni 306 nafar, shundan 165 nafar talaba, 91 nafar professor-o‘qituvchilar va xodimlar. Shuningdek, chetdan kelib o‘qiydigan 50 nafar kitobxonlari bor. MRO fondi 2827 ta kitobni tashkil etadi, shundan darslik va o‘quv qo‘llanmalar 1465 nusxa, siyosiy adabiyotlar 266 nusxa, badiiy adabiyotlar 1096 nusxadan iborat. 5 mingdan ziyod elektron kitoblar mavjud.
Filial professor-o‘qituvchilari, talabalar, va xodimlariga t.me//uzdknf_kitobxona telegram kanali mavjud. Bu kanalga darslik, o‘quv qo‘llanmalar va badiiy adabiyotlar kiritilgan.