


Shu yilning 15-fevral kuni Italiya davlatining L’Aquila shahridagi «ALFREDO CASELLA» konservatoriyasi bilan xalqaro grant asosida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.
Ana shu memorandum asosida 2025-yilning 12-18 may kunlari Italiya Respublikasining L’Aquila shahrida ALFREDO CASELLA nomidagi konservatoriyada «ItARTs» loyihasi asosida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori Rudakiy Allanbaev va vokal san’ati: akademik ijrochilik
ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabasi Muhammad Mirzaboevlar ishtirok etmoqda.