Ishlar boshqarmasi

O’zbekiston Davlat konservatoriya Nukus filiali Ishlar boshqarmasi boshlig‛i
Pirnazarov Axmet Jangabaevich
Telefon: +998-93-365-51-61
E-mail: axmetp@mail.ru

                                                                 Ishlar boshqarmasi boshlig‘ining lavozim vazifalari

 

     Filial ishlar boshqarmasi boshlig‘i O‛zbekiston Respublikasi qonunlariga, Prezident farmonlari, Vazirlar Maxkamasining qarorlariga, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, kursatmalari xamda boshqa idoralarning me’yoriy xujjatlariga asoslangan xolda filialning ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid ishlariga raxbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.

– boshqarmaning barcha turdagi faoliyatiga raxbarlik qiladi, boshqarma xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va uni nazorat qiladi;

– boshqarmaning joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi va boshqarma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;

– boshqarmaning yil davomida olib borgan faoliyati natiyjasi bo‛yicha xisobotini tayyorlaydi;

 – boshqarmaning ish rejasi, yo‘riqnomasi, nizomi, me’yoriy xujjatlarini ishlab chiqadi va raxbariyatga tasdiq uchun taqdim etadi;

 – boshqarma faoliyatini filial va bo‛limlar faoliyati bilan muvofiqlashtiradi;

 – boshqa tashkilot va korxonalarga yuboriladigan xujjatlarni o‘z xuquq va vakolati doirasida tayyorlaydi xam da rahbariyatga taqdim etadi;

– boshqarma xodimlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablarini bevosita bajarilishi, ularni ijtimoiy himoya qilish bo‛yicha amaliy ishlar qilishi, faollik kursatgan xodimlarni rag‘batlantirish masalalari bo‛yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi;

 – boshqarma xodimlarining mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratishi, xodimlar tomonidan mehnat intizomiga qatiy rioya qilinishi hamda qul ostidagi xodimlarning ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirish bo‛yicha ishlar olib boradi;

– moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek topshirilgan vazifaga nisbatan har bir xodimning va jamoaning ma’suliyatini oshirishga oid masalalarni hal etishni ta’minlaydi;

– boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalari tadbirlarida rahbariyat ruxsati bilan ishtirok etadi;

 – xodimlar tomonidan ichki tartib qoidalarga amal qilinishini, ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklardan xodimlar ehtiyotkorlik bilan unumli foydalanilayotganligi holatini doimiy nazorat qiladi;

– OTM hududi va binolariga xodimlar hamda boshqa shaxslarning kiritilishi hamda chiqarilishi shuningdek, moddiy qiymatga ega bo‛lgan buyumlarni kiritilishi hamda chiqarilishi ustidan tuliq nazoratni olib boradi;

 – OTM xodimlari tomonidan moddiy boyliklardan unumli, tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanilishini va moddiy boyliklarga nisbatan zarar keltirilishini oldini olish choralarini ko‘radi;

– OTM balansida bo‛lgan moddiy qiymatliklarni inventarizatsiya qilishda ishtirok etuvchi komissiya a’zolari ishini tashkil etadi;

– xodimlarni moddiy javobgarlik hakidagi joriy qonunlar bilan, shuningdek unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish, ro‘yxat asosida tarqatish, tashish bilan bog‛liq amaldagi yo‘riqnomalar, me’yorlar va qoidalar bilan tanishtiradi; OTM balansidagi barcha moddiy qiymatliklarni yaxshi va ehtiyotkorona saqlanishiga bevosita javobgar xisoblanadi;

 – ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid barcha qilingan ishlar yuzasidan filial raxbariyatiga hisobot berib boradi.

– xo‛jalik ishlariga oid masalalar bo‘yicha filial ilmiy Kengash qarorlari, direktor buyruqlari va farmoyishlarini bajarilishini tashkil etadi.

 – ilg‛or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, «Ta’lim to‛g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa ta’limga oid qonunlarda kursatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta’minlaydi.

– budjetdan tashqari mablag‛larni kupaytirish maqsadida kichik va o‘rta biznes bo‛limlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirishga ko‘maklashadi.

– kapital ta’mirlash, joriy ta’mirlash, kommunal xizmatlari va elektr energiya xarajatlarini belgilangan darajada tejamli sarflanishini nazoratga olish va moliyaviy xarajatlarni tahlil qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilib ularning sifatiga javob beradi.

 – ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora kurish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‛yicha takliflar beradi.

– o‘rnatilgan tartibda filialning yillik reytingini aniqlash, tanqidiy tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshiradi.

– filialning moddiy-texnika bazasi va uni hozirgi zamon talabiga javob berish uchun qilinadigan ishlar, filial hududida obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish rejalarini tuzish rejasini tuzish. O‛quv binolari va talabalar turar joylaridagi binolarni ot uchiruvchi anjomlar bilan tuldirish, unga ketadigan moliyaviy xarajatlarni nazoratga oladi.

– o‘quv-laboratoriya binolari va filialning boshqa inshootlarining (issiqlik va gaz tarmog‛i, suv, elektr, aloqa ta’minoti) avariyasiz holatini tashkil qiladi.

– filialning xo‘jalik ishlari bilan bog‛liq bo‘lgan masalalar bo‛yicha ish olib boradi. – filialda va Talabalar turar joylaridagi tozalikni, olib borilayotgan obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish ishlarini nazorat qilish va moliyaviy ishlar bilan bog‘liq bo‛lgan vazifalarni hal etadi.

– o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida hozirgi zamon talabidagi o‛quv uskunalari va asboblari, o‘qitishning texnik qurilmalari hamda stol-stullarni kerakli xonalarda yangilash ishlarini olib boradi, ularga ketadigan moliyaviy xarajatlarni smeta asosida nazoratga oladi.

– filial xo‛jalik faoliyatining asosiy turlari bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy smeta, xarajatlarni yillik va kelajak rejalarini tayyorlashini va bajarilishini ta’minlaydi.

– mehnatni muhofaza qilish, yong‛in va texnika xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar tashkil etish, kvalifikatsiya ha’yati ishini tashkil etadi va injener-texnik xodimlarning malakasini oshiradi.

– o‛quv jarayonini ta’minlash maqsadida jihozlar, qurilmalar va materiallar sotib olish, maishiy-ijtimoiy binolar va talabalar turar joyini mebel hamda inventarlar bilan ta’minlash bo‘yicha shartnomalar tuzadi.

 – filial hududidagi xonalarni, sport inshootlarini, jihozlarni ijaraga berish bo‛yicha tuzilgan shartnomalarni ekspert baholashni amalga oshiradi.

– mehnat va turmush sharoitini normallashtirish tadbirlarini tashkil qilish, sanitar va profilaktik sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‛tkazish, tibbiy kuriklar, emlash, dezinfeksiya va boshqalarni o‘tkazadi, jamoatchilik asosida ishlovchi tugaraklarni va filialda o‛tkaziladigan tadbirlarni moddiy jihatdan ta’minlaydi (havaskorlik tugaraklari. sport seksiyalari va boshqalar).

– filialni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‛tkazish, tashqi attestatsiya akkreditatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etadi.

– jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan, O‛zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, vazirliklar va filial direktorining virtual qabulxonalari hamda talabalar va ota-onalar qabulxonalariga tushgan murojaatlarni ishchi guruh a’zolari bilan o‘rnatilgan tartibda ko‛rib chiqadi, murojjatlarda kutarilgan masalalar yuzasidan lavozim vazifalariga ma’suliyatsizlik bilan qaragan mansabdor shaxslarga intizomiy choralar kurish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

– amaldagi qonunchilik asosida boshqa vazifalarni bajaradi.