
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Musiqa san’ati fakulteti dekani Jumaboyev Abdirasul Erejepboyevich Tel: +99891 380 05 35 Elektron pochta: abdirasulzhumabaev1999@gmail.com

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Musiqa san’ati fakulteti O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Seydametov Azizbek Mirzabek o‘g‘li Elektron pochta: as1993@umail.uz

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Musiqa san’ati fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Matjanbayev Allayar Jangabayevich Tel: +99890 595 53 55 Elektron pochta: Matjanbaevallayar1@gmail.com

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Musiqa san’ati fakulteti ish yurituvchisi Daryabayeva Aygul Batirbayevna Telefon: +998 90 577 67 94 Elektron pochta: aygul12345ad@gmail.com
FAKULTET DEKANINING VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va farmoyishlari, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim va yosh avlodni tarbiyalash, bilim berish haqidagi amalga tadbiq etilgan qarorlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farmoyish, buyruq, nizom va yo‘riqnomalari, Filial ichki Nizomi, yo‘riqnomalari va tegishli ko‘rsatmalari asosida ish olib boradi. Filialda talabalarning bilim olishlari hamda professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallari tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomati tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, intizom nazoratini tashkil etish:
Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar loyihasini tayyorlash;
Talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risidagi taqdimnomani tayyorlash;
Talabalarning bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishi va davlat attestasiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash;
Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish;
Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
Yangi informasion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informasion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
Fakultet Ilmiy Kengashi faoliyatini boshqarish;
Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy-texnik rivojlanish masalalari, mamlakat iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
Fakultet miqyosida mustaqil ravishda qo‘shimcha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish (o‘z hisob raqamiga ega bo‘lgan alohida «Markaz», «Kurs» va sh.k.), grantlar, investisiyalar jalb etish, bunda fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining faol ishtirokini ta’minlash;
Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish:
Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish.
Bilishi kerak:
Fakultet faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi, OTMsi yillik va istiqboli rejalarini bilishi;
Malaka talablari:
Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi;
OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi;
Fakultet yo‘nalishi bo‘yicha kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.