O‘quv-uslubiy boshqarma

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Baltashev Islam Romanovich

Tel: +99890 709 55 93
Elektron pochta: baltashevislambek@gmail.com

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
Marqabayev Ulug‘bek Niyetbay o‘g‘li

Tel: +99897 500-99-48
Elektron pochta: umarqabaev@gmail.com

Oqıw-metodikalıq basqarma baslıǵı wazıypaları:

– O‘quv-uslubiy boshqarmaning barcha ishlari va xodimlarini umumiy boshqaradi;

– O‘quv-uslubiy boshqarmaning ish rejalarini tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;

– O‘quv-uslubiy boshqarma maqsadidan kelib chiqib, filialda mas’ul bo‘lgan bo‘limlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

– O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, xatlari, modemogrammalari va telefonogrammalari, shuningdek, rektor buyruqlarining boshqarmada bajarilishini ta’minlaydi va monitoringini olib boradi;

– yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmunini talabalar va xodimlarga yetkazadi;

– O‘zbekistonning yetakchi oliy ta’lim muassasasi, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida to‘plangan o‘quv-metodik sohalardagi tajribalarni o‘rganadi, umumlashtiradi va belgilangan tartibda jamoaga yetkazadi;

– vazirlikning buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini filialning o‘quv-metodik jarayoniga joriy etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

– filial direktori, filial Kengashi va Ilmiy-metodik kengashining fakultet va kafedralarda o‘quv-metodik ishlarni takomillashtirishga qaratilgan qarorlari ijrosini nazorat qiladi;

– O‘quv-uslubiy boshqarmada hujjatlarning sifatli tayyorlanishi va topshirilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

– Direktor huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, filial kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etadi;

– filial fakultetlari o‘quv-uslubiy ishlarining tashkil etilishini o‘rganadi, fakultet va kafedralarda o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlarning bajarilishini nazorat qiladi;

– filial Kengashi, O‘quv-uslubiy kengashi, o‘quv jarayoniga tegishli masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan dekanlar yig‘ilishlarining o‘quv jarayonini tashkil etish va ta’minlash to‘g‘risidagi qarorlari ijrosini nazorat qiladi;

– dekanatlar, kafedralarning o‘quv ishlarini o‘rganadi, tahlil qiladi va yig‘ilishlarga zarur-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi;

– o‘quv masalalari bo‘yicha mas’ul hisoblanadi, boshqarma va uning tarkibidagi bo‘linmalar xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi;

– Davlat attestatsiyalari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etadi;

– professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili uchun shtatlar jadvalini tuzadi;

– o‘quv jarayonini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘quv-yordamchi xodimlar tarkibini shakllantirishda ishtirok etadi;

– Filialda a’zo bo‘lgan Muvofiqlashtiruvchi tarmoq kengashining ishida (majlislarida) ishtirok etadi;

– o‘quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda muvofiqlashtiradi;

– o‘quv-metodik boshqarmaning yil yakuni bo‘yicha hisobotini tayyorlaydi;

– o‘quv jarayoni jadvali asosida o‘quv yili boshlanishidan oldin, dekan o‘rinbosarlari va tegishli bo‘limlar uchun seminar-treninglar tashkil etadi;

– filial talabalarini kurslar kesimida baholash natijalari bo‘yicha fakultetlardan olingan natijalar bo‘yicha filial miqyosida hisobot tayyorlaydi;

– yakuniy baholash jadvallarining tayyorlanishini va yakuniy baholashlarning o‘tkazilishini nazorat qiladi;

– kafedralarning o‘quv-me’yoriy hujjatlari ijrosini doimiy ravishda nazorat qiladi;

– bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining bitiruv malakaviy ishi va magistratura mutaxassisliklari talabalarining magistrlik dissertatsiya ishi himoyalarida ishtirok etadi;

 

– o‘z vakolati doirasida filial bo‘yicha chiqariladigan tegishli buyruqlar loyihalarini tayyorlaydi.