
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Asqarova Dilmira Baxtiyarovna
Tel: +99891 391 08 98
Elektron pochta: askarovadilmira502@gmail.com
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi filial jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni joriy etish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatini yuksaltirishga, dunyoqarashi keng va erkin fikrlaydigan yetuk insonlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng qamrovli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, filialning ichki tartib-qoidalari hamda ushbu bo‘lim Nizomiga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi – talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish va mustaqil O‘zbekistonning fidoyi insonlari sifatida voyaga yetkazishdan iborat.