O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Talabalar amaliyoti bo‘limi bosh mutaxassisi
Beknazarov Quwat
Tel: +99893 772-77-07
Elektron pochta:
– bo‘lim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil etish;
– bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning bajarilishini ta’minlash;
– O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari va filial direktorining buyruqlari ijrosini ta’minlash:
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan to‘lov-kontrakt bo‘yicha va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan Farmon va qonunlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
– dekanatlar va kafedra mudirlari bilan birgalikda filial bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida bandligini ta’minlash;
– tayyorlanayotgan mutaxassislarning bilimlari kelgusi amaliy faoliyatlari bilan muvofiqligini o‘rganish maqsadida viloyatlar ta’lim sohasi tizimi bilan bevosita aloqa o‘rnatish, ularning fikrlarini o‘rganish;
– Bozor talabidan kelib chiqib filialda mutaxassislarni nazariy va amaliy tayyorlashning tahlilini o‘rganish.
– Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga oid masalalarni kengash yig‘ilishida muhokama qilishga kiritish, shu bilan birga, filialning tegishli bo‘limlari bilan hamkorlikda aloqa o‘rnatish;
– Mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, qabul ko‘rsatkichlariga tavsiyani bitiruvchilarga bo‘lgan real buyurtmalar asosida shakllantirish;
– Talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga joylashtirish to‘g‘risida respublika ma’lumotlar bazasini shakllantirishga oid hujjatlarni o‘z vaqtida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etish;
– qabul komissiyasining tegishli kotibi bilan birgalikda davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan filial o‘rtasida o‘qishni tugatgandan so‘ng ish joyida 3 yil ishlab berishi bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar tuzilishini ta’minlash;
– qabul komissiyasining tegishli kotibi bilan birgalikda filial bo‘yicha yangi o‘quv yili qabul rejasining bajarilishi to‘g‘risida ma’lumotlar tayyorlash;
– Bilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hay’at qarorlari, buyruqlari va filial direktorining buyruqlari.