Kadrlar bo‘limi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Kadrlar bo‘limi inspektori Abdullayeva Dilrabo Nizombek qizi Tel: +99891 931 88 08
Elektron pochta: dilraboabdullaeva024@gmail.com

                                 Kadrlar bo‘limi haqida umumiy ma’lumot

Kadrlar bo‘limi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga va mehnat qonunchiligining normativ-huquqiy hujjatlariga, filial direktorining buyruqlariga, ko‘rsatmalariga amal qiladi. Bo‘lim bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

 

                                              Bo‘limning asosiy vazifalari

– Ishga qabul qilingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini va faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– Filial professor-o‘qituvchilari va xodimlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish bo‘yicha buyruqlarini tayyorlash;

– Filial professor-o‘qituvchi va xodimlarining sifat tarkibini yaxshilash va ularni joylashtirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;

– Filial professor-o‘qituvchilari, fakultet dekani va dekan o‘rinbosarlarini davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko‘maklashish;

– Filial nomenklaturasiga kiradigan xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish bo‘yicha rahbarga tavsiyalar berish;

– Filial xodimlarini vazirlik va soha mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkil etishda rahbarga taqdimnoma kiritish.

                                    Kadrlar bo‘limi xodimlarining vazifalari

– Direktor nomenklaturasiga kiradigan ma’muriy-boshqaruv, muhandis-texnik va boshqaruv-xo‘jalik xodimlari tarkibini filial ma’muriyati bilan birgalikda tanlash va mehnat qonunchiligi normalariga asoslangan holda rasmiylashtirish;

– Direktor nomenklaturasiga qarashli filial xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilishni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil etish, shu bilan birga yuqori muassasa nomenklaturasiga kiradigan xodimlarni tasdiqlash uchun hujjatlarni taqdim etish.

– Filial talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlari yuritilishini nazorat qilish;

– Belgilangan normativ hujjatlar asosida filial xodimlarining statistik va shaxsiy hisobini nazorat qilish;

– Mehnat daftarchalarini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilgan holda hisob yuritilishini nazorat qilish;

– Shtatlar jadvaliga ko‘ra xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor qilishda mehnat qonunchiligiga rioya etgan holda qaror qabul qilish;

– Filial kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda xodimlarning mehnat tartibi va ichki mehnat qoidalari rejimiga rioya qilishlarini nazorat qilishni tashkil etishda ishtirok etish;

– Filial attestatsiya komissiyalari ishlarida ishtirok etish. Kadrlar zaxirasini tashkil etishda ishtirok etish;

– Professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish va bo‘sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan o‘tadigan professor-o‘qituvchilar ro‘yxatini tayyorlash;

– Tariflash komissiyasida ishtirok etish va ilmiy-pedagogik stajiga ko‘ra filial xodimlariga oylik ish haqlarini belgilash bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash, shu bilan birga, kasaba uyushmasi bilan birgalikda filial xodimlari va ularning oilalariga pensiyalar belgilash uchun hujjatlar tayyorlash, ularni ijtimoiy ta’minot tashkilotlariga taqdim etish;

– Filialda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma va ma’lumotlar berish (berish tartibini va unga mas’ul shaxsni direktor belgilaydi).