O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
Baymanova Tumaris Xalmurzayevna
Tel: +998-90-659-98-94
Elektron pochta: tumarisbaymanova@gmail.com

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
O‘quv jarayonini tashkil etish bo‘limi metodisti
Kadirimbetova Adel Muratovna
Tel: +99890 654 45 66
Elektron pochta: kadirimbetova26@gmail.com

O‘quv va o‘quv jarayonlarini tashkil etish sohasidagi vazifalar:

– oliy ta’lim muassasasi fakultetlari va kafedralarida o‘quv faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish va ta’lim dasturlarini amalga oshirishga rahbarlik qilish;

– oliy ta’lim muassasasining tegishli tuzilmalarida ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va nazorat qilish;\

– ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va oliy ta’lim muassasasining lokal hujjatlariga muvofiqligini tahlil qilish va ekspertizadan o‘tkazish;

– oliy ta’lim muassasasining tegishli tuzilmalarini (fakultet va kafedralar) malaka talablari, o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari bilan ta’minlanganlik holatini nazoratga olish;

– o‘quv jarayoni jadvali, dars jadvallari, oraliq va yakuniy nazorat jadvallari, Davlat attestatsiyasi jadvallarini tuzish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

oliy ta’lim muassasasi auditoriya fondi hisobini yuritish va teng taqsimlanishini nazorat qilish;

tasdiqlangan jadvallarga muvofiq darslar, oraliq va yakuniy nazoratlar, davlat yakuniy attestatsiyalarini baholash va o‘tkazilishini nazorat qilish;

professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini hisoblash mezonlarini belgilash;

o‘quv yili uchun o‘quv yuklamalarini hisoblash ishlarini tashkil etish va rejalashtirish, professor-o‘qituvchilar tarkibi bo‘yicha shtatlar jadvalini shakllantirish;

kafedra professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘quv yuklamalarining optimal taqsimlanishini va soatlik fonddan foydalanilishini nazorat qilish;

kafedralarning yillik ish rejalarini va professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini ishlab chiqishda tashkiliy-metodik tavsiyalar berish;

oliy o‘quv yurti bitiruvchilariga ta’lim hujjatlarida beriladigan malakalarni (ko‘nikmalarni) nazorat qilish;

talabalarni ta’lim grantidan to‘lov-shartnoma shakliga o‘tkazilishini tashkil etish va nazoratga olish;

ta’lim jarayonlari faoliyatini tashkil etuvchi tuzilmalarga ta’lim dasturlari, normativ-huquqiy hujjatlar va o‘quv jarayoniga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha maslahatlar berish;

talabalarning semestrlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, yakuniy davlat attestatsiyalari natijalari, yuqori instansiyalarning topshirig‘iga asosan boshqa tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va monitoringini olib borish;

yuqori instansiyalardan kelib tushgan buyruqlar, farmoyishlar, topshiriqlar, oliy o‘quv yurti rahbariyatining topshiriqlarini bajarish va boshqalar.