Registrator ofisi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Registrator ofisi boshlig‘i
Aytmuratov Baxtiyar Kenesbaevich
Tel: +998994548191
Elektron pochta: baxtiyar.aytmuratov.91@mail.ru

Registrator ofisi nima?

Registrator ofisi (yoki registrar’s office) – bu oliy o‘quv yurtlarida talabalarning o‘quv jarayoni bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar, hujjatlar va xizmatlar yuritiladigan bo‘limdir.

U talabalar va oliy o‘quv yurti o‘rtasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi.

Hujjat aylanishi:

Talabalarga beriladigan hujjatlar (diplomlar, transkriptlar va boshqalar) soni ham ko‘paydi.  Shu bois, Garvard universiteti ushbu muammolarni hal etish uchun alohida bo‘lim tashkil etishga qaror qildi. Bu bo‘lim talabalarni ro‘yxatga olish, ularning akademik yutuqlarini kuzatib borish va ularga rasmiy hujjatlarni berish kabi vazifalarni o‘z zimmasiga oldi. Keyinchalik, bu bo‘lim «Registrar’s Office» (Registrator ofisi) deb atala boshlandi.

Registrator ofisining afzalliklari:

• Talabalar uchun qulaylik;

• O‘quv jarayoniga oid barcha ma’lumotlar bir joyda jamlangan;

• Hujjatlarni rasmiylashtirish va olish osonlashtirilgan;

• O‘quv jarayonidagi savollarga tez va aniq javoblar olish;

• O‘quv dasturlari va tanlov fanlari haqida ma’lumot olish imkoniyati;

• O‘quv yurti uchun samaradorlik;

• O‘quv jarayonini samarali boshqarish;

• Talabalar ma’lumotlarini tartibli saqlash va boshqarish;

• hujjatlarni tez va sifatli tayyorlash;

• O‘quv jarayoni haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish imkoniyati;

• Oliy o‘quv yurtining xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashga yordam beradi;

• Ochiqlik va adolat;

• Talabalarning akademik ma’lumotlari shaffof va adolatli tarzda yuritiladi;

• Hujjatlarni tayyorlashda korrupsiya holatlarining oldi olinadi;

• Zamonaviylik

Registrator ofislar ko‘pincha zamonaviy texnologiyalardan (elektron platformalar, onlayn tizimlar) foydalandi. Bu o‘z navbatida talabalar va o‘quv yurtlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada samarali qiladi.