Matbuot kotibi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali Matbuot kotibi
Alishova Aynura Baurjanovna
Tel: +99890 727 53 59
Elektron pochta: aynuraalishova@mail.com

Matbuot kotibi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyruqlariga amal qiladi. Matbuot kotibi o‘z faoliyatini O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali tarkibidagi bo‘limlari hamda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlarining tegishli xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi.

Matbuot kotibining asosiy vazifalari:

– Filial rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

– axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati va jamoat tashkilotlari matbuot xizmatlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

– keng jamoatchilikni filial faoliyati, uning sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolis, sifatli va tezkor xabardor qilish;

– ommaviy axborot vositalari (keyingi o‘rinlarda OAV) bilan hamkorlik qilish, doimiy hamkorlik qiladigan jurnalistlar muhitini tashkil etish, axborot xabarlarini tarqatish, filialda ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

– filialning rasmiy veb-saytida axborotni tezkor ravishda joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shuningdek, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

– filial tarkibidagi bo‘linmalardagi belgilangan xodimlar bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot ma’lumotlari, tushunchalar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

– filial hayoti bilan bog‘liq jamoatchilik fikrining holati va OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular haqida filial direktoriga ma’lumotlar berish;

 

– filial faoliyatiga oid yozma, foto, audio va video materiallar ma’lumotlar bazasini tashkil etish va yuritish.