



1-oktyabr kuni Italiya davlatining L’Aquila shahridagi «ALFREDO CASELLA» konservatoriyasi bilan hamkorlikdagi «ItARTs» loyihasi doirasida tashkil etilgan festivalning 2-kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida davom etmoqda.
Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston san’at arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori Q.Zaretdinovning «Nazlımxan sulıw» baleti italiyalik tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
Chiroyli sahna bezaklari, nafis raqslar, qoraqalpoq milliy musiqasining ajoyib ohanglari italiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.