







Bugun, 26-may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, «Shuhrat» medali sohibi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali professori Rudakiy Allanbayevning Fayzulla Islomov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «San’atga bag‘ishlangan umr» nomli monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchilari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Shuhrat» medali sohibi va «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni sohibi, cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori Hikmat Rajabov rahbarligidagi xalq cholg‘ulari orkestrining jonli konsert dasturi namoyish etildi.