Jamiyatning rivojida xotin-qizlarimizning o’rni bólak. Binobarin, ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyosini yanada rivojlandirish katta ahamiyat kasb etadi. Buning uchun eng kerakli vosita albatta, kitoblar.
Bizning filialimizda xotin-qizlarni zamon bilan teppa-teng qadam bosa oladigan, aqliy óylab, fikrlash darajisini yanada kengaytirib borish urf-odatga aylanmaqda.
Ushbu munosabat bilan, bugun 4-yanvar kuni O’zbekiston davlat konservatoriyası Nukus filialida xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi G.Qudaybergenova boshchiligida filialimizning xotin-qizlari ishtirokida “Bir oyda bitta kitob” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbirni G. Qudaybergenova ochib berdi va boshqarib bordi.
Undan so’ng, ma’lumotnoma-resurs markazi boshlig’I R. Xojamuratova so’zga chiqib, yig’ilish qatnashchilariga badiiy kitoblarning insonga ta’siri va uning qadir-qimmati haqida tushundirib o’tdi.
Tadbir davomida G.Qudaybergenova ishtrokchilardi badiiy kitoblarni doimiy ravishda o’qib borishga va uning mazmunini aytib berishga undadi.

Tadbir yakunida interfaol va psixologik o’yinlar olib borildi.