Joriy yilning 28-dekabr kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida professor-o’qituvchilar va ma’muriyat xodimlari orasida «Zakovat Quiz» intellectual o’yini bo’lib o’tdi.
O’tkazilgan o’yinni filial yetakchisi A. Matjanbaev olib bordi. O’yin jami 4 komandadan tashkil etildi.

«Zakovat Quiz» o’yinini o’tkazishdan asosiy maqsad, yangi yil bayrami oldidan filialimizda ish olib borayotgan barcha jonboz xodimlarimizga bayram kayfiyatini ulashish , shu jumladan, ularning mantiqlik fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va rag’batlantirishdir.

Intellektual o’yinda har bitta komanda tarkibi faol ishtirok etishdi va o’yin yakuninda g’oliblarga diplomlar topshirildi.