Joriy yilning 28-dekabr O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida navbatdagi Kengash majilisi bo’lib o’tdi.
Tadbirni O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori, Kengash boshlig’i R. Allanbaev ochib berdi va boshqarib bordi. Kengash majlisida quyidagi masalalarga to’xtalib o’tildi:
- Filialimizning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari P. Mamutov so’zga chiqib, dastlab tadbir ishtrokchilarini kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan qutladi, undan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida joriy yilning 22-dekabr kuni bo’lib o’tgan yig’ilish haqida tushincha berib o’tdi.
- Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’I S. Pirnazarov filialimizdagi 2022/2023 o’qish yili davomida olib borilgan hemis tizimidagi baholash kriteriyasini tartibga solish bo’yicha taklif berish haqida yig’ilganlarga bayonot berdi.
- Fizik va yuridik shaxslarning murojatlari bilan ishlashish, nazorat va monitoring sektori bosh mutaxassisi U. Nabieva 2023-yil oktyabr-noyabr oylari oralig’ida filialga kelib tushgan farmoyish va xatlarning bajarilish sharoiti haqida tadbir ishtrokchilariga bayonot berdi.

