1-oktyabr kuni Italiya davlatining L’Aquila shahridagi «ALFREDO CASELLA» konservatoriyasi bilan hamkorlikdagi «ItARTs» loyihasi doirasida tashkil etilgan festivalning 2-kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida davom etmoqda. Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston san’at arbobi, Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori Q.Zaretdinovning «Nazlımxan sulıw» baleti italiyalik tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi. Chiroyli sahna bezaklari, nafis raqslar, qoraqalpoq milliy musiqasining ajoyib ohanglari italiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Author Archives: Azamat Erbolganov
ITALIYA MUSIQASI QORAQALPOQ SAHNASIDA
Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15-fevral kuni Italiya davlatining L’Aquila shahridagi «ALFREDO CASELLA» konservatoriyasi bilan xalqaro grant asosida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Memorandum asosida, joriy yilning 30-sentyabr va 1-oktyabr kunlari O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida italiyalik san’at va madaniyat sohasi xodimlari hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali bilan hamkorlikda «ItARTs» loyihasi doirasida festival tashkil etildi. Festivalning birinchi kuni joriy yilning 30-sentyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Konsertning I qismida Respublika va xalqaro tanlovlar laureati «Jayhun» xalq cholg‘ulari orkestri (dirijyor: Orkestrning badiiy rahbari, «Shuhrat» medali sohibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan yoshlar ustozi, professor Hikmat Rajabov) tomonidan: JOAKKINO ROSSINI, «SEVILIYALIK SHAHZODA» OPERASIDAN UVERTYURA; EDUARDO DI KAPUA, DJOVANNI KAPURRO «O SOLE MIO»; ITALIYA KOMPOZITORLARI ASARLARI ASOSIDA «POPURRI.» Luidji Densa «Funikuli-funikula» Ernesto De Kurtis «Vernis-sorrento» Joakkino Rossini «Kavatina figaro» Djuzeppe Verdi «Zalolnaya pesnya.» kabi Italiya musiqa san’atining mashhur asarlari alohida mahorat bilan ijro etildi. II bo‘limda esa italiyalik talaba-yoshlar tomonidan Donne all’Opera: Croce e Delizia! Monteverdi, F. Kavalli, D. Skarlatti, D. Chimarosa, Dj. Rossini, Dj. Verdi, Dj. Puchchini operalaridan sahnalar ijro etildi. Tadbir yakunida filialimiz direktori tomonidan italiyalik mehmonlarga alohida minnatdorchilik bildirildi.
Kelajak avlod uchun bunyod etilgan yangi ta’lim maskani
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali o‘z faoliyatini boshlaganiga ham 4 yildan oshdi. Shu qisqa vaqt ichida filialimizda davlat stipendiyasi sohiblari, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti, «Umid uchquni» ko‘krak nishoni egalari, shuningdek, xalqaro va respublika tanlovlari g‘oliblari yetishib chiqdi. Filial tashkil etilgan yili o‘qishga 47 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 241 nafarni tashkil etadi. 2025-yilda birinchi bitiruvchilarimiz o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlab, 10 nafar talaba magistraturaga qabul qilindi, qolgan talabalar esa 100 foiz ish bilan ta’minlandi. Joriy yilda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 61 nafar talaba o‘qishga qabul qilindi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 2025/2026-o‘quv yilini yangi binoda boshladi. Filialning yangi binosi 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 30-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali yangi binosining ochilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi A.Orinbaev ochib berdi va yig‘ilganlarni yangi binoning ochilishi bilan samimiy tabrikladi. Tantanali tadbir filial talabalaridan tashkil topgan orkestr jamoasining ajoyib kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi.
ItARTS loyihasining taqdimoti bo’lib o’tdi.
2025-yil 26-sentyabr kunidan boshlab Italiya va O‘zbekiston madaniyat, musiqa va san’atning o‘ziga xos chorrahasida uchrashdi. «ItARTS Festival The Debut» nomli festival 26-sentyabrda o’z faoliyatini O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida italiyalik ijodkorlar va talabalarning ko`rgazmasi ochilishi va O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Giovani Sguardi», «Vèstiti di Teatrum: viaggio nel costume tra sogno e realtà» va «Le Macchine della Tempesta» — teatr mashinalari, kostyum va sahna obrazlariga bag‘ishlangan installyatsiyalar loyihasi hamda tantanali inauguratsiya konserti bilan boshlandi. Festivalining ikkinchi kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti ItARTS loyihasi doirasida “O’rta yer dengizi va Sharq sadolari. Italyan va o’zbek musiqasi” deb nomlangan konsert dasturini namoyish etildi. Konsertni ItARTS loyihasi bosh koordinatori Daniela Macchione va Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Muxamedova Feruza Nurmaxmatovna ochib berdilar. Konsert dasturi davomida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti talabalari tomonidan Italiyaning mashhur estrada qo’shiqlari: 1. Come vorrei – Daniele Farina, Cristiano Minellono – (Ricchi e Poveri) 2. Ja tebia liubliu – Massimiliano Spina, Giuseppe Rinaldi “Kaballà” Mori, Francesco Berlincioni – (Adriano Celentano) 3. . Il tempo se ne va – Salvatore “Toto” Cutugno, Cristiano Minellono, Giuseppe Rinaldi “Kaballà” Mori – (Adriano Celentano) 4. Susanna Carlo Bogman, Flavio Lancee, Marco Del Prete, Sandro Caputo – (Adriano Celentano) 5. A un passo da te – Franco Ilaqua – (Mina Anna Mazzini – “Mina”, Adriano Celentano) 6. Volare – Franco Migliacci, Domenico Modugno –(Nel blu dipinto di blu) (Domenico Modugno) 7. Sarà perché ti amo – Daniele Farina, Dario Pace, Enzo Ghinazzi, Luis Gómez Escolar (Ricchi e Poveri) mahorat bilan ijro qilindi. Festival doirasidagi tadbir 1-oktyabr kuniga qadar davom etadi.
ItArts festivali debyuti
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali va ALFREDO CASELLA nomidagi Italiya konservatoriyasi bilan hamkorlikda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 2025-yil 30-sentyabr, soat 18:00 da «itARTS festivali debyuti» konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. Barchangizni konsertda kutib qolamiz.
Apellyaciya berish tartibi.
Eslatib o‘tamiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari imtihon natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi. 2025-2026-o‘quv yili uchun qabul jarayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlari O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali binosida qabul qilinadi.
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!
O’zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialida 2025-2026 o’quv yili uchun qabul boshlandi.
«San’atga baxshida umr»
Bugun, 26-may kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan san’at maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, «Shuhrat» medali sohibi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali professori Rudakiy Allanbayevning Fayzulla Islomov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «San’atga bag‘ishlangan umr» nomli monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot davomida Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchilari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, «Shuhrat» medali sohibi va «Madaniyat va san’at fidokori» ko‘krak nishoni sohibi, cholg‘u ijrochiligi kafedrasi professori Hikmat Rajabov rahbarligidagi xalq cholg‘ulari orkestrining jonli konsert dasturi namoyish etildi.