Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqa konservatoriyasiga tashrif

        Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali va Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqiy  konservatoriyasi o‘rtasida 2025-yil 10-may kuni o‘zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan edi. Ushbu shartnoma doirasida 2025-yilning 15-16-sentyabr kunlari Uxan musiqiy konservatoriyasida master-klass va konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tadbirda ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining direktori R.Allanbaev, «Umumkasbiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi dotsenti v.v.b. J. Charshemov va talaba-yoshlar Xitoy Xalq Respublikasiga yo‘l olgan edi. Tadbir davomida filialimiz direktori R.Allanbaev qoraqalpoq milliy cholg‘u asbobi alamoynaq dutorida qoraqalpoq kuylarini jonli ijro etdi va musiqa cholg‘usini Uxan musiqiy konservatoriyasi rektori Ley Yunga sovg‘a qildi. Yangragan kuylar yig‘ilganlarda, ayniqsa, rektorda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Undan so‘ng Uxan musiqiy konservatoriyasi rektori Ley Yun filialimiz direktori R.Allanbaevga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi va ular birgalikda Xitoy Xalq Respublikasi bo‘ylab sayohat qilishdi. Bunday hamkorliklar ikki mamlakat o‘rtasidagi san’at sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

2024-2025 o‘quv yilida Filialimizga oʻqishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli Qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 117-sonli buyrugʻi, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialining 53-sonli ichki buyrugʻi asosida talabalarga ta’lim grantlarini berish va qayta taqsimlash tartibi filialimizda quyidagicha belgilangan; Toʻliq ma’lumot uchun

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining Nokis filiali yangi 2024/2025 oʻquv yiliga toliq tayyor holga keltirildi

Filialimiz atrofida havoni yaxshilash va koʻrkamlashtirish ishlari olib borildi, shuningdek, oʻquv xonalari talabalarning yakka va umumiy dars oʻquv mashgʻulotlarini toʻliq oʻzlashtirishi uchun va barcha musiqa asboblari bilan taʼminlandi, filialimizning axborot resurs markazi ajoyib oʻquv darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻldirildi.

FILIALDA ÍLÍMÍY KEŃES BOLÍP ÓTTI

Búgin Ózbekstan mámleketlik Konservatoriyası Nókis filialında ilimiy keńes májilisi bolıp ótti.Jıynalısta filialda ámelge asırılıp atırǵan oqıw metodikalıq jumıslardıń barısı,filial studentleriniń bántligin támiynlew maqsetinde olardı jumıs penen támiyinlewdi jolģa qoyıw hám basqa da máseleler kórip shıģıldı. Konservatoriyanıń málimleme xızmeti